Rossiyaga keluvchi o‘zbekistonliklar soni 15 %ga ko‘paydi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishSamolet aviakompanii S7
Samolet aviakompanii S7 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaga kelayotgan fuqarolar orasida eng ko‘p Ukraina -1,7 mln., Qozog‘iston - 870 ming va O‘zbekiston fuqarolari ekan - 634 ming kishi.

TOShKENT, 20-may - Sputnik. 2019 yilning yanvar – mart oylarida Rossiya Federatsiyasiga kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni  15%ga ko‘paydi, deb xabar qildi Rossiya Turoperatorlar assotsiatsiyasi, Chegara qo‘riqlash xizmatiga asosan.

Vitse-prezident kompanii QBF Vladimir Maslennikov - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya migrantlar pul o‘tkazmalarini rublga o‘tkazmoqchi - ekspert

Rossiyaga kelgan xorijiy fuqarolar orasida eng ko‘p Ukraina vakillari – 1,7 million kishi. Bu o‘tga yilga nisbatan 10% kam. Ikkinchi o‘rinda Qozog‘iston – 870 ming kishi (+2,5%), uchinchi o‘rinda O‘zbekiston - 634,7 ming kishi (+15%), Tojikiston - 689,1 ming kishi (+24,3%), Xitoy - 342,1 ming kishi (+17%).

Aytsh joizki, Rossiyaga kelayotgan xorijiy fuqarolarning katta qismini Sobiq Ittifoq fuqarolar tashkil qiladi – 4,7 million kishi.Shunindek, Rossiyaga chegaradosh bo‘lgan Finlyandiya, Polsha, Estonidan ham ko‘p kishi tashrif buyuradi.   

Rossiya Turoperatorlar Assotsiatsiyasi qayd etishiga ko‘ra, Rossiyaga kelayotgan xorijiy fuqarolar orasida aynan turizm maqsadida kelayotganlar soni ham ko‘paymoqda. Xususan, 2019-yilning birinchi choragida kelishdan maqsad “turizm” deb ko‘rsatgan mehmonlar soni 21,5 %ga oshgan.

Rossiyaga eng ko‘p sayyoh jo‘natadigan 10 mamlakatlar quyidagilar: Xitoy, Janubiy Koreya, Isroil, Germaniya, Fransiya, Tailand, Turkiya, AQSh va Yaponiyadir.  

Yangiliklar lentasi
0