TOShKENT, 20-may – Sputnik. Kiyev meri Vitaliy Klichko yangi saylangan prezident Vladimir Zelenskiy inauguratsiyasiga velosipedda keldi.
“Bugun shaharda harakatlanish qiyin. Ertalab birinchi uchrashuvga keyin inauguratsiyaga velosipedda keldim”, - deb yozdi Klichko Twitter sahifasida.
Doїxav na іnavgurasіyu 🙂 Velosiped sogodnі - nayzruchnіshiy transport! pic.twitter.com/3nc8UG57Tx
— Vіtalіy Klichko (@Vitaliy_Klychko) 20 maya 2019 g.
Bugun, 20-may soat 10-00 Oliy Radada Ukraina yangi saylangan prezident Vladimir Zelenskiyning inauguratsiyasi o‘tkazildi.
Vladimir Zelenskiy Oliy rada majlisida o‘ng qo‘lini konstitutsiyaga qo‘yib, Ukraina xalqiga qasamod qildi. Konstitutsiyaviy sud raisi uning davlat rahbari lavozimiga kirishganini e’lon qildi.
Zelenskiy o‘z nutqida Ukraina xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, Ukraina Respublikasi prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga qasamod qildi.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Zelenskiy 21-aprel kuni o‘tkazilgan saylovning ikkinchi turida amaldagi prezident Petro Poroshenkoni katta farq bilan ortda qoldirib g‘olib bo‘ldi. Zelenskiy saylovda ishtirok etgan ukrainlarning 73,22 foiz ovozini olishga erishdi.