TOShKENT, 19-maya - Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan MGIMO bitiruvchilari forumi moderatori TASS direktori o‘rinbosari Mixail Gusman Toshkentga “Front orti qahramon shahri” nomini berishni taklif qildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
“Fashizm ustidan g‘alaba qozonishda katta hissa qo‘shgan qahramon shaharlar bor. Ulardan kamida ikkitasiga – “Front orti qahramon shahri” nomini berish kerak deb o‘ylayman. Bu - Toshkent va Boku. Ular bu nomga munosib”, — dedi Mixail Gusman.
Gusmanning aytishicha, Ikkinchi jahon urushi yillarida Toshkentda 1 milliondan ortiq turli millat vakillari jon saqlagan. Bu yerda 113 ta gospital faoliyat ko‘rsatgan, yuz minglab askar va zobit bu yerda davolanib, safga qaytgan.
Undan tashqari, Toshkent yuz minglab yetim yoki qarovsiz qolgan bolalarga boshpana bergan. Shuningdek yuzlab zavod fabrikalar Toshkentga ko‘chirilgan va fron uchun kerakli mahsulotlar ishlab chiqargan.