Samarqandda hokim ishirokida ommaviy yurish marafoni bo‘lib o‘tdi

© UzAMarafon v Samarkande
Marafon v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandda viloyat hokimi ishtirokida ommaviy yurish marafoni va badantarbiya mashqlari bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 19-may – Sputnik. Bugun tongda Samarqand markazida o‘tkazilgan ommaviy yurish marafonida 25 ming kishi ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimiyati matbuot xizmati.

“Samarqand shahrida bugun erta tongdan “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida ommaviy yurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Unda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan 25 mingdan ortiq Samarqandliklar ishtirok etishdi. Shundan so‘ng Registon maydonida musiqa sadolari ostida  ertalabki badantarbiya mashqlari bajarildi”, - deyilgan xabarda.

Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholini jismoniy faolligi darajasini oshirishga qaratilgan ushbu tadbirda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ham ishtirok etdi.

© UzAMarafon v Samarkande
Samarqandda hokim ishirokida ommaviy yurish marafoni bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston
Marafon v Samarkande
Yangiliklar lentasi
0