“Birinchida – hammasi sotilgan” – qozog‘istonlik finalchi bolakay hazili

© Odnoklassniki"Na pervom vse uje prodano": kazaxstanskaya reklama shutit nad "Golos.Deti"
Na pervom vse uje prodano: kazaxstanskaya reklama shutit nad Golos.Deti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Golos.Deti" tanlovi finaliga chiqqan qozog‘istonlik bolakay, Birinchi kanal ustidan kuldi.

TOShKENT, 19-maya - Sputnik. "Golos.Deti" ko‘rik tanlovining finalchisi, qozog‘istonlik Yerjan Maksim “Birinchida hammasi sotilgan” mavzusida hazil reklamada suratga tushdi.

Reklamada, Yerjan yangi qurilgan uylar binolar orasida yurib, - Birinchi uydan xonadon sotib olsa bo‘ladimi, deb so‘raydi. Unga esa “Yo‘q, birinchida hammasi sotilgan, ikkinchida bor", - deb javob qaytarishadi”.  - Eh, yanami, - deb g‘amgin javob beradi Yerjan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Rossiya OAVlarida "Golos.Deti" tanlovi natijalari qalbakilashtirilganligi aniqlangan va ushbu holat katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi. Xususan, mashhur xonanda Alsuning qiziga ko‘plab soxta ovozlar berish natijasida qozog‘istonlik Yerjan Maksim ikkinchi o‘rinni egallagan edi.

Yangiliklar lentasi
0