Toshkent yaqinida ikki ayol YTH oqibatida halok bo‘ldi

© Fotolia / Jan H. AndersenMertviy chelovek na asfalte
Mertviy chelovek na asfalte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida, avariya sodir bo‘lgan va bu ikki ayolning o‘limiga olib kelgan

TOShKENT, 18-may - Sputnik. Yangiyo‘l tumanida "Kobalt"ning "MAZ-509A" yuk mashinasining yarimtirkama bortiga urilishi natijasida ikki kishi vafot etdi, uch kishi shifoxonaga yotqizildi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Avariya proizoshla 29-aprelya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
IIV Andijonda gullarni sug‘orayotib halok bo‘lgan ayollar hodisasiga munosabat e’lon qildi

IIV xabariga ko‘ra, avariya 17-may kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tuvchi Toshkent-Termiz yo‘lining 827 kilometrida sodir bo‘lgan.

Surxondaryodan bo‘lgan "Kobalt" rusumli avtomashina haydovchisi texnik nosozligi sababli to‘xtab turgan "MAZ-509A" yuk avtomashinasining yarimtirkama bortiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan. 

Natijada "Kobalt" avtomashinasi yo‘lovchilari, Surxondaryo viloyatidan bo‘lgan ikki ayol voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, "Kobalt" avtomashinasi haydovchisi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va uning yana 2 nafar yo‘lovchilariga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0