Ot mingan general: qozog‘istonlik politsiya boshlig‘ini ishdan bo‘shatish tavsiya qilindi – video

© Sputnik / Kseniya VoroninaPolitseyskiy
Politseyskiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Atirau viloyati politsiya boshlig‘i general Ayan Duysembayevga ot sovg‘a qilindi. U shu otga minishi aks etgan video internetda paydo bo‘ldi. Bir qancha vaqtdan so‘ng jandal ko‘tarildi.

TOShKENT, 17-may – Sputnik. Qozog‘iston Ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev tomonidan Otirau viloyati departament boshlig‘i Ayan Duysembayevni egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida prezident administratsiyasiga taqdimnoma jo‘natildi.

Eslatib o‘tamiz, Atirau viloyati politsiya rahbari Ayan Duysembayevga ot sovg‘a qilindi. U sovg‘a qilingan otga minishi aks etgan video internetda paydo bo‘lgandan keyin katta shov-shuv boshlanishiga sabab bo‘ldi.

IIV bu xabarga darhol e’tibor qaratib, tekshiruv o‘tkazish maqsadida vazir o‘rinbosari Aleks Kalaychidi boshchiligida maxsus komissiyani yubordi.

IIV ma’lumotlariga ko‘ra, komissiya xizmat tekshiruv natijalarini ko‘rib chiqdi. Unda aytilishicha, Duysembayev xizmat ahloq qoidalarini buzgan.

“Xizmat tekshiruv natijalariga ko‘ra ichki ishlar vaziri Ayan Duysembayevni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida prezident administratsiyasiga taqdimnoma kiritish haqida qarorni qabul qildi”, - deyilgan IIV xabarida.

Shuningdek, xizmat tekshiruvi natijalariga asosan viloyat o‘z xavfsizlik boshqarmasi rahbari xizmat vazifalarini bajarishdan chetlashtirildi. Qator mansabdor shaxslar qattiq intizomiy jazoga tortildi.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqda otni sovg‘a qilgan shaxslar tomonidan Qozog‘iston prezidenti nomiga yozilgan xat paydo bo‘ldi.

Unda yozilishicha, general Duysembayev sovg‘ani qabul qilishdan bosh tortgan, faqat odamlarni xafa qilmaslik uchun shunchaki otga minib, atrofni aylangan.

Yangiliklar lentasi
0