Zelenskiyning inauguratsiya marosimi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishVtoroy tur viborov prezidenta Ukraini
Vtoroy tur viborov prezidenta Ukraini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina parlamenti inauguratsiyani yangi saylangan prezident talab qilgan sana - 19-may kuniga belgilashni rad etdi.

TOShKENT, 16-may – Sputnik. Ukraina parlamenti yangi saylangan prezident Vladimir Zelenskiyning inauguratsiyasini 20-mayga belgiladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Bu qaror saylov o‘tkazilgan kunidan 3,5 hafta o‘tib qabul qilindi.

Avvalroq Ukraina parlamentida inauguratsiyani o‘tkazish haqida 7 ta qaror ro‘yxatga olingandi; 17, 19, 20, 26, 28-may va 1-iyun.

Zelenskiyning o‘zi 19-may kuni o‘tkazilishini istab, oyoq tirab turib olgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi hukumat inauguratsiya sanasini cho‘zish, bu bilan uni qonunchilikda belgilangan muddatlarda Oliy Radani tarqatib yuborish huquqidan mahrum etishga harakat qilmoqda.

Vladimir Zelenskiy 21-aprel kuni o‘tkazilgan saylovning ikkinchi turida amaldagi prezident Petro Poroshenkoni katta farq bilan ortda qoldirib g‘olib bo‘ldi.

Zelenskiy saylovda ishtirok etgan ukrainlarning 73,22 foiz ovozini olishga erishdi.

Markaziy saylov qo‘mitasi ham, saylov davomida hech qanday jiddiy qonunbuzarliklar kuzatilmaganini xabar qildi. 

 

Yangiliklar lentasi
0