Saida Mirziyoyeva aholini eng ko‘p tashvishga solayotgan 5 ta muammoni sanab o‘tdi

© Saida Mirziyoyeva / FacebookZamestitel direktora Agentstva informatsii i massovix kommunikatsiy Saida Mirziyoyeva
Zamestitel direktora Agentstva informatsii i massovix kommunikatsiy Saida Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uning so‘zlariga ko‘ra, tegishli vazirliklar ushbu vazifalarni hal etishni boshlagan.

TOShKENT, 16-may - Sputnik. O‘zbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bilan muloqotining ilk yakunlarini sarhisob qildi.

Saida Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
Saida Mirziyoyevaga takliflar bildirildi

Qayd etilishicha, prezident tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusni amalga oshirishda maktablarning o‘rni muhokama qilingan.
Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, bildirilgan izohlarga ko‘ra, xalqni eng ko‘p tashvishga solayotgan muammolar quyidagilar:
1. Qishloqlardagi maktablarning ahvoli qoniqarsizligi
2. O‘quvchilar va o‘qituvchilarning majburiy mehnatga jalb etilishi
3. Malakali o‘qituvchilar yetarli emasligi va ularning hisobot to‘ldirish bilan ovora ekani
4. Har bir bolaning individual iqtidorini rivojlantiruvchi fanlarning yetarli emasligi
5. Kompyuter sinflari va internet bilan bog‘liq muammolar

“Darslarda uyali telefonlardan foydalanish, maktab kiyimi, o‘quvchilarning huquqiy savodxonligi va bepul futbol maydonlariga oid masalalar ham tilga olindi”, - deya yozgan o‘zining Facebook᾽dagi sahifasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tegishli vazirliklar ushbu vazifalarni hal etishni boshlagan. Shu o‘rinda, jamiyat uchun muhim bo‘lgan bunday masalalar yechimini topish ma’lum vaqt, resurslar, ekspertlar muhokamasi, zarur hujjatlar tayyorlash va albatta har bir kishidan tirishqoqlik va biroz tashabbus talab etishini eslatib o‘tgan.

Saida Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
Amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p: Saida Mirziyoyeva yangi ish joyi haqida

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston yoshlarining ravnaqiga qaratilgan prezident 5 ta tashabbusini amalga oshirish bo‘ycha Saida Mirziyoyevaga takliflar bildirilgani haqida xabar qilgan edik.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan 5ta tashabbus yoshlarni musiqa, rassomlik va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, jismoniy chiniqtirishga, kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Undan tashqari yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashni nazarda tutadi.

Yangiliklar lentasi
0