Mirziyoyev Xonobod sihatgohini borib tekshirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaDlya lecheniya i otdixa: Mirziyoyev proveril sanatoriy Xanabada
Dlya lecheniya i otdixa: Mirziyoyev proveril sanatoriy Xanabada - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu maskan toza havosi va shifobaxsh suvi bilan nafas yo‘llari, asab tizimi, yurak qon-tomir kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan.

TOShKENT, 16-may - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Xonobod sihatgohini borib ko‘rdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etish joizki, Xonobodda bir paytlar qurila boshlagan sanatoriy qarovsiz holda qolib ketgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 2-iyunda bu yerga kelib, uni obodonlashtirish, aholi dam olishi uchun zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaDlya lecheniya i otdixa: Mirziyoyev proveril sanatoriy Xanabada
Mirziyoyev Xonobod sihatgohini borib tekshirdi - Sputnik O‘zbekiston
Dlya lecheniya i otdixa: Mirziyoyev proveril sanatoriy Xanabada

O‘tgan yili bu yerda 180 o‘rinli zamonaviy sihatgoh ishga tushirildi. Davolash binolari, standart, yarimlyuks va lyuks xonalar, 6 ta apartamentda barcha sharoitlar yaratildi. 

Dengiz sathidan 850 metr balandlikda joylashgan ushbu maskan toza havosi va shifobaxsh suvi bilan nafas yo‘llari, asab tizimi, yurak qon-tomir kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan. Mineral vannalar, fizioterapiya, elektroforez, galvanizatsiya, igna bilan davolash, stomatologiya, kosmetologiya, galoterapiya yo‘lga qo‘yilgan.

Davlat rahbari sanatoriyda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Endi ushbu tog‘li hududda yengil konstruksiyalardan mehmon uylari tashkil etish zarurligini ta’kidladi. Shavkat Mirziyoyev bu xizmatlar narxini kamaytirib, qamrovni kengaytirish, yana ko‘plab odamlarni ish bilan ta’minlashga xizmat qilishini qayd etdi.

Ta’kidlanishicha, shu yerda Andijon viloyatida turizmni rivojlantirishga doir loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Shuningdek, Xonobod faollari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0