Buxoroda uch xonadonda berkitilgan og‘u fosh etildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishSpetsialist ekspertno-kriminalisticheskogo sentra issleduyet marixuanu
Spetsialist ekspertno-kriminalisticheskogo sentra issleduyet marixuanu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uch xonadon ko‘zdan kechirilib, qariyb 100 grammga teng bo‘lgan giyohvand moddalari musodara qilindi.

TOShKENT, 16-may - Sputnik. Buxoroda uch xonadonda berkitilgan giyohvandlik moddalar Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi tezkor vakillari hamda DXX Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan fosh etildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar qildi.

Hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro G.A. ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechiriladi va xonadonning yerto‘la qismidagi javon ustida yashirib qo‘yilgan qora rangli polietilen paketga solingan giyohvandlik moddasiga o‘xshash moddalar borligi aniqlanadi.

“Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ularning sof og‘irligi 49,78 grammga teng bo‘lgan marixuana giyohvand moddasi ekanligi tasdiqlandi”, - deyiladi xabarda.

Dobicha soka maka dlya opiuma - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryoda giyohvand o‘simligini xufona tarzda yetishtirib kelayotgan xonadon fosh etildi

Ikkinchi holat Buxoro shahrida yashovchi fuqaro B.N.ning xonadoni ko‘zdan kechirilganda aniqlanadi.  Ma’lum qilinishicha, ushbu xonadon yotoqxonasiga sof og‘irligi 27,91 grammga teng bo‘lgan marixuana giyohvandlik moddasi berkitilganligi o‘z isbotini topgan.

Shuningdek, uchinchi holat fuqaro O. O‘. tomonidan sodir etilgani aniqlanadi. Tezkor guruh vakillari uning ham xonadonidan 21,64 grammga teng, tarkibida faol giyohvandlik vositasi – tetragidrokannabinol mavjud bo‘lgan marixuana giyohvandlik moddasini ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olishgan.

Hozirda yuqorida qayd etilgan har uchchala holat yuzasidan ham tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0