Ukraina Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Kiyev
Goroda mira. Kiyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina Vazirlar Mahkamasi yangi qarori bilan Rossiyadan mamlakatga olib kirish taqiqlangan tovarlar ro‘yxatini kengaytirdi.

TOShKENT, 15-may – Sputnik. Ukraina Vazirlar Mahkamasi Rossiyadan mamlakatga olib kirish taqiqlangan tovarlar ro‘yxatini kengaytirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Prezident Ukraini Petr Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina Bosh prokuraturasi Poroshenkoga qarshi tergov boshladi

Bu safar ro‘yxatga o‘g‘it, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, transport, sement, fanera kiritildi.

Bundan tashqari, Kiyev Rossiyadan olib kiriladigan mahsulotlarga maxsus bojlarni joriy etadi.

Bosh vazir o‘rinbosari Stepan Kubivning so‘zlariga ko‘ra, yangi bojlar 1-avgustdan amal qilishni boshlaydi.

Ukraina iqtisodiyot vazirligida ta’kidlanishicha, bu chora ko‘mir, koks, benzin, suyultirilgan gaz va farmatsevtikadan tashqari barcha tovarlarga ta’sir qiladi.

Rossiya va Ukriana savdo munosabatlari

Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muloqot Ukrainada davlat to‘ntarishi, Qrimni Rossiya tarkibiga qaytishi va Donbassda qarama-qarshiliklar boshlangandan so‘ng yomonlashdi.

2015 yil yanvarda Yuqori rada Rossiyani “agressor-mamlakat” deb tan oldi. Dekabr oyida esa Ukraina Vazirlar Mahkamasi kelib chiqishi Rossiya bo‘lgan tovarlarni Ukraina bojxona hududiga olib kirishni taqiqlash to‘g‘risida qarorni qabul qildi.

O‘sha vaqtda Kiyev 43 ta tovardan iborat ro‘yxatni tasdiqladi, keyinchalik uni 70 ta pozitsiyaga kengaytirdi.

2019 yil 10-aprelda yana bir qaror qabul qilinib, ro‘yxat sezilarli darajada to‘ldirildi.

Rossiya javob choralarni qo‘llamoqda, Ukrainaning alohida turdagi mahsulotlar import qilish taqiqlamoqda.

Oxirgi marta ro‘yxat 18-aprelda kengaydi. O‘shanda Moskva Ukrainaga neft va neft mahsulotlarni eksport qilishni taqiqladi.

Yangiliklar lentasi
0