TOShKENT, 15-may – Sputnik. Kecha Samarqand shahrining “Yoshlik” istirohat bog‘ida ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘ldi.
Istirohat bog‘idagi attraksionlardan birida uchayotgan qizlardan biri undan chiqib ketib, yerga qulab tushgan.
Mazkur hodisa tasvirlangan video jamoatchilik tomonidan keng va qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.
“Zamon” informatsion dasturida jabrlangan qiz attraksion to‘xtashi arafasida bilmasdan himoya kamarini yechib yuborgan va yerga yiqilgani ma’lum qilindi.
Tadbirkor Navro‘z Haydarovning so‘zlariga ko‘ra, qurilmada nosozlik kuzatilmagan. Attraksion yana bir texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Qizga tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib borilgan.