MOQ rahbari Umid Ahmadjonov iste’foga chiqdi

Obuna bo‘lish
Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida yig‘ilish bo‘lib o‘tadi va unda MOQning yangi rahbari tayinlanadi.

TOShKENT, 15-may – Sputnik.O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga rahbarlik qilib kelayotgan Umid Ahmadjonov iste’foga chiqdi, deb xabar qildi mahalliy OAVlar.

Xabarda aytilishiga ko‘ra bugun, 15-may kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida yig‘ilish bo‘lib o‘tadi va unda MOQning yangi rahbari tayinlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Umid Ahmadjonov 2018-yil 16-yanvar kuni Alisher Sultonov o‘rniga qo‘mita prezidenti etib tayinlangan edi. Ahmadjonov qo‘mitaga prezidentlik qilgan davrda o‘zbekistonlik sportchilar yutuqlari soni oshib bordi, Osiyo o‘yinlaridagi yutuqlar soni bo‘yicha rekord yangilagandi.

Yangiliklar lentasi
0