Toshkentda rep yo‘nalishida ijod qiluvchi yoshlar bilan yig‘ilish o‘tkazildi

© UzbekkonsertV Tashkente sostoyalas vstrecha s rep ispolnitelyami
V Tashkente sostoyalas vstrecha s rep  ispolnitelyami   - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil 16-18 avgust kunlari Toshkent shahrida Rep va Didjeylarning Xalqaro festivalini o‘tkazish belgilangan.

TOShKENT, 14-may – Sputnik. "O‘zbekkonsert” davlat muassasasida 14-may kuni “rep va shu kabi yo‘nalishlarda ijod qiluvchi yoshlar bilan “Rep va shu kabi yo‘nalishlarda milliy qadriyatlar uyg‘unligi” mavzusida ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda rep va shu kabi yo‘nalishlarni rivojlantirish, bu yo‘nalishlarda ijod qilayotgan ijodkorlar bilan samarali hamkorlik qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

© UzbekkonsertV Tashkente sostoyalas vstrecha s rep ispolnitelyami
Toshkentda rep yo‘nalishida ijod qiluvchi yoshlar bilan yig‘ilish o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente sostoyalas vstrecha s rep ispolnitelyami

“Chunki rep yo‘nalishida ijod qilayotgan ko‘pchilik yoshlarga nisbatan salbiy qarashlar mavjudligi, shu bois bu yo‘nalishda ijod qilayotganlar borasida turli fikrlar yuzaga kelgani ham sir emas”, - deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishicha, joriy yil 16-18 avgust kunlari Toshkent shahrida Rep va Didjeylarning Xalqaro festivalini o‘tkazish belgilangan.

© UzbekkonsertV Tashkente sostoyalas vstrecha s rep ispolnitelyami
Toshkentda rep yo‘nalishida ijod qiluvchi yoshlar bilan yig‘ilish o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente sostoyalas vstrecha s rep ispolnitelyami

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi kelgusida rep ijrochilarini saralash, ularning ijodini baholash, master-klasslar o‘tkazish, original qo‘shiqlar yaratishlariga ko‘maklashish kabi tizimli ishlarni ham yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.   

“Ijtimoiy tarmoqlarda “Rep yo‘nalishi” bo‘yicha lebel, telegramm bot, instagram tarmoqlarida yangi rukn ochish va ularni yangiliklar bilan to‘ldirib borish, yaxshi ijro mahoratiga ega rep ijodkorlarini saralash hamda ular orqali Vatanni ulug‘lovchi qo‘shiqlar tayyorlash va ularga klip suratga olish, telekanallarda namoyish etish, konsert dasturlariga tavsiya etish kabi ko‘plab imkoniyatlar ham yaratiladi. Mazkur davra suhbatida ishtirokchi ijodkorlar bilan fikr almashilib, rep yo‘nalishining istiqboldagi rejalari belgilab olindi”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0