Maktab bitiruvchilariga attestatlar 20-iyungacha topshiriladi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie poslednego zvonka v Rossii
Prazdnovanie poslednego zvonka v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pedagogik kengash har yili 15-iyunga qadar bitiruvchilarni attestat va sertifikat bilan taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

TOShKENT, 14-may – Sputnik. Hukumat qarori bilan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlarni berish tartib to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, attestat va sertifikatlarni bitiruvchilarga topshirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

Studenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v Uzekspotsentre - Sputnik O‘zbekiston
Test sinovlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi - prezident yangi qarori

- har yili 10-iyunga qadar bitiruvchilarning baholari, o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq hujjatlar (sinf jurnali, baholar tabeli) o‘rganilib, attestat va sertifikat bilan taqdirlanadigan bitiruvchilar ro‘yxati shakllantiriladi hamda pedagogik kengashga taqdim etiladi;

- pedagogik kengash har yili 15-iyunga qadar bitiruvchilarni attestat va sertifikat bilan taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi;

- bitiruvchilarga attestat va sertifikat har yili 20-iyunga qadar tantanali ravishda topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab (maktab-internat)ni  tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat  beriladi.

Yangiliklar lentasi
0