Eni O‘zbekiston neft-gaz bozoriga kirmoqchi

© Sputnik / Yevgeniy SamarinNeftepererabativayushiy zavod
Neftepererabativayushiy zavod - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Italiyaning Eni kompaniyasi O‘zbekistonda vakolatxona ochishni rejalashtirmoqda.

TOShKENT, 14-maya – Sputnik. Italiyaning  Eni xalqaro neft-gaz kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirish imkoniyatini qidirmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.  

Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi Dilor Hakimov Brusselda Eni S.p.A kompaniyasining katta vitse-prezidenti Fabio Marchetti bilan uchrashib O‘zbekiston energetika bozorida italiya kompayaniyasi bilan hamkorlik qilish istiqbollari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.   

“O‘zbekiston energetika manbaalari haqida ma’lumot olib ularni tahlil qilib chiqqanidan, Eni o‘zaro anlashuv memorandumini imzolash va O‘zbekistonda vakolatxona ochish masalasini ko‘rib chiqadi”, - deyilgan TIV xabarida.

Italiya kompaniyasi shuningdek, Toshkentda 15-17 may kunlari bo‘lib o‘tadigan 23-xalqaro “O‘zbekiston neft va gaz -2019” ko‘rgazmasida ishtirok etish istagini bildirdi.

Eni - Italiyaning eng yirik neft qazib oluvchi kompaniyasi bo‘lib, bugungi kunda u dunyoning 83 mamlakatida faoliyati yuritib kelmoqda. 1953 yilda tashkil qilingan kompaniyaning asosiy faoliyat hududlari Afrika, Rossiya va Qozog‘istondir.

Yangiliklar lentasi
0