TOShKENT, 13-may – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 14-maydan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 9,27 so‘mga ko‘tarilib, 8 458,16 so‘m tashkil qildi.
Yevro kursi ham 38,29 so‘mga oshib, 9 501,05 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli esa 0,07 so‘mga kamaydi va 129,74 co‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.