Xitoylik tarbiyachi it

Obuna bo‘lish
Xitoylik g‘aroyib tarbiyachi it maktab o‘quvchisi dars qilishini nazorat qilishga o‘rgatilgan.

Xitoylik Suy Sinya ismli 11 yoshli maktab  o‘quvchisi o‘zining tarbiyachi iti yordamida dars qiladi, deb yozmoqda RIA Novosti. Uning otasi itini o‘quvchi farzandi uchun tarbiyachi rolini bajarishga o‘rgatgan.

Dars qilayotgan vaqtda bola kitobdan chalg‘ib boshqa ishlar bilan shug‘ullana boshlasa, it ham o‘zini boshqacha tuta boshlaydi. Buni bilgan o‘quvchi diqqat bilan, chalg‘imasdan dars qilishga harakat qiladi.

“Oldin dars qilish, keyin pianinoda mashq qilish juda zerikarli edi. Itim meni “nazorat” qila boshlaganidan beri bu qiziqarli mashg‘ulotga aylandi. Bir o‘zim bo‘lsam mening fikrim chalg‘ib ketar edi. Itim bilan esa xuddi  sinfdoshlarim bilan birga darsga tayyorlanayotgandek his qilaman o‘zimni”, - deydi Suy Sinya.

Tarbiyachi it 3 yoshda Suy uni o‘z singlisi kabi juda yaxshi ko‘radi. Uy vazifalari bajarib bo‘linganidan so‘ng ular birgalikday o‘ynaydi.

Yangiliklar lentasi
0