Toshkent ko‘chalarida 9-may kuni Spark-tank paydo bo‘ldi

Obuna bo‘lish
9 may kuni Toshkentda tank uslubida bezatilgan Spark avtomobili paydo bo‘ldi.

Toshkent ko‘chalarida 9-may kuni Spark-tank paydo bo‘ldi. Ushbu haqidagi videoni Facebook ijtimoiy tarmog‘iga Mr.Doppi nikli foydalanuvchi joylashtirdi.

Videolavhada tank ko‘rinishida bezatilgan Spark avtomobili aks etgan. Uning orqa tomoni "Spasibo dedu za Pobedu!" yozuvi bilan bezatilgan. Avtomobilda shuningdek 9-mayga bag‘ishlangan boshqa bezaklar ham bor. Shuningdek Sparkning ustida 2 dona O‘zbekiston bayrog‘i ham joylashtirilgan. 

Toshkentda bunday avtomobillar kamdan-kam uchrasada, Rossiya, Belarus hamda Qozog‘iston shaharlarida G‘alaba kuniga atab bezatilgan avtomobillar juda ko‘p bo‘ladi.

Odatda ushbu avtomobilllarda Ikkinchi Jahon urushi davrida ommaviy bo‘lgan "Za Pobedu!", "Na Berlin!", "Na Zapad!" kabi yozuvlar bo‘ladi. Germaniyada ishlab chiqarilgan avtomobillarda, ba’zan, hazilomuz "Trofeyniy" yoki "Trofey iz Berlina" degan yozuvlarni ham uchratish mumkin. Shuningdek avtomobillar tank minorasi va pushkasi hamda soxta pulemotlar bilan ham bezatilishi mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0