O‘zbekistonlik eng kuchli yosh o‘t o‘chiruvchilar Jizzaxda bellashadi

© Press-slujba MChSV Uzbekistane proxodit konkurs "Yunogo pojarnika"
V Uzbekistane proxodit konkurs Yunogo pojarnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda respublikada "O‘zbekiston Respublikasi IX-chempionati" musobaqalari o‘tkazilmoqda va tanlovning respublika bosqichiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

TOShKENT, 10-may - Sputnik. O‘zbekistonda umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida "Yosh yong‘in o‘chiruvchi" va "O‘zbekiston Respublikasi IX-chempionati" musobaqalari o‘tkazilmoqda va tanlovning respublika bosqichiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Pojarno-takticheskie ucheniya na rinke Chilonzor buyum savdo kompleksi - Sputnik O‘zbekiston
Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi FVV tizimiga o‘tkazildi

Mazkur musobaqaning birinchi bosqichi joriy yilning 1-15 aprel kunlari tuman-shahar miqyosida o‘tkazilgan va turnikda tortilish, 100 hamda 1000 metrga yugurish turlari bo‘yicha eng yaxshi natijalarni ko‘rsatganlar ikkinchi bosqichga yo‘llanma olgan. 

Musobaqaning ikkinchi bosqichi joriy yilning 1-18 may kunlari nazariy shartga ko‘ra ishtirokchilarning yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilim saviyalari test sinovlari asosida hamda amaliy shartlarga ko‘ra "100 metrga to‘siqlar osha yugurish", "Ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasiga ko‘tarilish" hamda "Yong‘in o‘chiruvchilar estafetasi" turlari bo‘yicha o‘tkazilib kelinmoqda.

Sport musobaqasining respublika bosqichi joriy yilning 30-may kunidan - 2-iyun kuniga qadar Jizzax shahrida o‘tkaziladi. 31-may kuni musobaqaning tantanali ochilish marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari hamda Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining rahbariyati, unda viloyat hokimligi, boshqa jamoatchilik vakillari ishtirok etishadi.

Ushbu ochilish marosimida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning va Favqulodda vaziyatlar vazirligi kuch va vositalarining ko‘rgazmali chiqishlari hamda taniqli xonandalar tomonidan konsert dasturi tashkil etiladi.

Yangiliklar lentasi
0