Eronni "jilovlab turish" uchun Qatarga amerikaning B-52 bombardimoni yetib keldi

Obuna bo‘lish
Shu haftada Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Yevropa davlatlariga muzokaralar uchun 60 kun muhlat berganini aytgan edi.

TOShKENT, 10-may - Sputnik. AQSh HHK Markaziy qo‘mondonligi Qatardagi aviabazaga V-52 bombardimoni yetib kelgani haqida xabar berdi. AQSh Yaqin Sharqdagi manfaatlarini himoya qilish uchun mintaqada bombardimonlardan iborat operativ guruh safini kengaytirmoqda.

Prezident Islamskoy Respubliki Iran Xasan Rouxani, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston
Eron yadroviy bitim bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishni to‘xtatdi

"Los-Anjelesdagi Barksdeyl aviabazasidan uchgan B-52 Stratofortress bombardimoni 2019-yil 9-may kuni Qatardagi al-Udayd aviabazasiga yetib keldi", - deyiladi qo‘mondonlik rasmiy saytidagi xabarda.

Xabarga ko‘ra, "Bu samolyot amerika kuchlari va AQShning mintaqadagi manfaatini himoya qilish uchun AQSh Markaziy qo‘mondonligi mas’uliyatli bo‘lgan hududda yoyilgan bombardimonchi samolyotlar guruhiga kiradi".

Ilgariroq, AQSh Eron tomonidan tobora o‘sib borayotgan xavf haqida bayonot qilib, mintaqaga aviatashuvchi zarba beruvchi guruh va strategik bombardimonlarni yo‘naltirgan edi.

Ushbu eskalatsiya Eron hukumatining yadro dasturi to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha "ayrim majburiyatlarni bajarishni to‘xtatish" haqidagi qaroridan so‘ng avj olgan. Eron prezidenti Hasan Ruhoniy shu hafta yevropa davlatlariga muzokaralar uchun 60 kun muhlat berganini aytgan edi. Tegishli axborot Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Xitoy va Rossiyaga yetkazilgan.

Yangiliklar lentasi
0