Turdenev va mitropolit Vikentiy "Birodarlar qabri"ga gulchambar qo‘ydi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda G‘alabaning 74-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Bugun kunduzi Toshkentdagi Volgograd qabristonida "Birodarlik qabri"ga gulchambar qo‘yish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda diplomatik missiyalar xodimlari, xususan, Rossiya elchisi Vladimir Turdenev, shuningdek Toshkent mitropoliti Vikentiy ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi Volgograd qabristoni 9-may kuni sahardan odamlarga limmo-lim. Soat 10da memorial majmua hududida "O‘lmas polk" aksiyasi bo‘lib o‘tdi va unda gullar va boshimiz uzra tinch osmon uchun urushda jon fido qilgan qarindoshlari suratlarini ko‘tarib kelgan minglab shaharliklar ishtirok etdilar.

Yangiliklar lentasi
0