Toshkent viloyatida ruhiy kasalxona bemori ustani urib o‘ldirib qo‘ydi

© SputnikBolnitsa
Bolnitsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bemor o‘zaro janjal sabab ta’mirlash ishlarini olib borayotgan ustaning yuzi va tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazgan.

TOShKENT, 8-may – Sputnik. Toshkent viloyatida ruhiy kasalxona bemori ustani urib o‘ldirib qo‘ydi.

Vrach vixodit iz operatsionnoy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston SSV psixiatrik shifoxonada yuz bergan holat yuzasidan xizmat tekshiruvini boshladi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turuvchi 39 yoshli fuqaro mast holda “Chortoq” mahallasi Yangihayot 4-tor ko‘chasi raqamsiz uyda o‘zaro janjal sabab shu uyda ta’mirlash ishlarini olib borayotgan 57 yoshli ustaning yuzi va tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazgan.

“R.Sh. olgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan. Sh.I. ushlangan”, - deyiladi xabarda.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik ayol Toshkent ruhiy kasalliklar shifoxonasida bemorlar kaltaklanayotganini ma’lum qilgani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0