Saraton kasaliga chalingan ayolga prezident tomonidan uy berildi

Obuna bo‘lish
Qarshi shahridagi Kat mahallasida 20 nafar nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan fuqaroga 20 moslashtirilgan uy-joyning kaliti topshirildi.

TOShKENT, 8-may — Sputnik. Saraton kasaliga chalingan ayolga prezident tomonidan uy berildi, deb xabar qildi "Xalq bilan muloqot" guruhi Feysbukdagi sahifasida.

Xabarda qayd etilishicha, Qarshi shahridagi Kat mahallasida 20 nafar nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan fuqaroga 20 moslashtirilgan uy-joyning kaliti topshirilgan.

V Djizakskoy oblasti v ramkax realizatsii proyekta Blagoustroyennoe selo snosat starie doma - Sputnik O‘zbekiston
Eski uylar buzilib, yangilari qurilmoqda: Jizzax yangi qiyofaga ega bo‘lmoqda

Jumladan, Qarshi shahri “Naxshab” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi, saraton kasalligiga chalingan, 2-guruh nogironi va shu kunga qadar bir nafar farzandi bilan onasinikida 4 nafar voyaga yetgan ukasi bilan yashab kelayotgan ayolga ham uy-joyning kaliti topshirilgan.

Ta’kidlanishicha, bu kabi ezgu ishlar joriy yilda ham davom ettirilib, shahar va tuman uy-joy komissiyalari tomonidan 285 nafar nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan fuqarolar ro‘yxati shakllantirilib, ularning arzon uy-joy olishi uchun boshlang‘ich badal to‘lovlarini to‘lab berish bo‘yicha reja dastur ishlab chiqilgan.

Xabarda tadbir davomida tashkilotchilar tomonidan uyga ega bo‘lgan oilalarning 35 nafar farzandiga o‘quv-qurollari va boshqa qimmatbaho sovg‘alar ham berilgani qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0