TOShKENT, 8-may – Sputnik. Bosh prokuratura matbuot xizmati Qashqadaryoda Rossiya imperiyasi davridagi oltin tangalarni noquniy sotish holati yuzasidan xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.B., Q.D. va M.Sh.lar “Imperator Nikolay-I” tamg‘ali 10 nominal qiymatdagi oltin tangalarni har birini 4,2 million so‘mdan hisoblab, jami 7 dona oltin tangalarni 29,4 million so‘mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar A.B. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.