Qozog‘istonlik ishbilarmon ayol “Koinot go‘zali” tanlovida g‘olib bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Turkiyada o‘tkazilgan “Koinot go‘zali 2019” tanlovida qozog‘istonlik Leyla Kuljanova g‘olib bo‘ldi.

TOShKENT, 8-may – Sputnik.  O‘ttiz yetti yoshli qozog‘istonlik Leyla Kuljanova “Koinot go‘zali” mukofotini qo‘lga kiritdi.

Universe Beauty 2019 go‘zalik tanlovi Turkiyada o‘tkazildi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Kuljanova Leyla Vladimirovna (@leilakulzhanova_2609)

1-8 may kunlari o‘tkazilgan tanlovda 20 dan ortiq mamlakat ishtirokchilari qatnashdi.

Universe Beauty go‘zalik, moda, iste’dod bo‘yicha eng obro‘li festival hisoblanadi.

Tanlovda turli davlatlardan xalqaro tanlov g‘oliblari ishtirok etadi.

Tanlovning birinchi bosqichida modellar milliy va sport liboslarda ishtirok etishadi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Konkursi krasoti, modeley (@worldbeauty_official)

Yakuniy bosqichda tanlov qatnashchilari kechki liboslarda podiumga chiqishadi.

Leyla Kuljanova  Qozog‘iston Xalq bankining "Xalik-Life" sug‘urta sho‘ba korxonasining direktori, shuningdek, Qozog‘iston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining a’zosi hisoblanadi.

Kuljanova ikkita oliy ma’lumotga ega  - yuridik va moliya, kandidatlik dissertatsiyani himoya qilgan. Ikki nafar farzandi bor.  

O‘tgan yili “Miss Oila 2018” mukofotini qo‘lga kiritgan.

Yangiliklar lentasi
0