Nastya – Toshkent viloyatining Bo‘ka shahridagi bolalar uyi tarbiyalanuvchisi. Shahar, viloyat va respublika tadbirlarida doimiy ravishda ishtirok etib keladi. U Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan yorqin motoshouda o‘z tengdoshlari bilan chiqish qildi. Yosh raqqosa Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida o‘zining hayot tarzi, intilishlari va orzulari haqida so‘zlab berdi.
“Hayot davom etmoqda. Men hozir faol ravishda raqslar bilan shug‘ullanib, chiqishlar qilib turaman. Agar ilgari asosan o‘zbek raqslari bilan shug‘ullangan bo‘lsam, loyihada ishtirok etgan so‘ng boshqa davlatlar raqs san’atiga qiziqishim ortdi. Mening guruhlarim katta emas – 10-12 kishidan iborat. Turli raqslarni, jumladan, hind raqslarini o‘rganyapmiz”, - deydi Anastasiya Molokova
Uning eng katta orzusi kelajakda shaxsiy raqs maktabini ochish va o‘z maqsadiga erishish uchun tinimsiz harakat qilmoqda. Shuningdek, u yoshlarga raqs sirlaridan saboq berishni niyat qilib qo‘ygan.
"Ti super! Tansi" konkursining o‘zbekistonlik ishtirokchilari Moskvani hayratda qoldirdi
Anastasiya Molokova Durdona Irgasheva i Monika Dodarbekova bilan birgalikda Sputnik va NTV telekanalining “Ti super! Tansi” xalqaro teleloyihasi chorak final ishtirokchilaridan sanaladi. Teleloyihada ular o‘zlaring buxorocha milliy raqslari bilan tomoshabinlar qalbini zabt etishgan edi.