To‘rt ming dollar evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan talaba qo‘lga olindi

© Nguyen Huy KhamDollari
Dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at instituti Nukus filiali talabasi fuqaroning ishonchiga kirib, tanishlari orqali o‘zi tahsil olayotgan oliygohga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.

TOShKENT, 7-may - Sputnik. Qoraqalpog‘istonda 4000 dollar evaziga o‘qishga kiritishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkaziladi.

Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
O‘n bir ming dollar evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga tushdi

Tadbir davomida O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at instituti Nukus filiali talabasi fuqaroning ishonchiga kirib, tanishlari orqali o‘zi tahsil olayotgan oliygohga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgani aniqlanadi.

Firibgar xizmati evaziga fuqarodan 4000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushadi.

Mazkur holat yuzasidan firibgarga nisbatan O‘zbekiston JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0