So‘roqqa chaqirilgan Poroshenko Ukraina bosh prokuraturasiga kelmadi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPredvibornaya poyezdka P. Poroshenko vo Lvovskuyu oblast
Predvibornaya poyezdka P. Poroshenko vo Lvovskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poroshenko 2014-yil Maydan voqealari bo‘yicha guvoh sifatida bosh prokuraturasi so‘roqqa chaqirilgan edi.

TOShKENT, 7-may – Sputnik. Ukraina amaldagi prezidenti Potr Poroshenko Bosh prokuraturasiga kelmadi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Prezident Ukraini Petr Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Poroshenko so‘roq uchun prokuraturaga chaqirtirildi - OAV

U 2014-yil Maydan voqealari bo‘yicha guvoh sifatida so‘roqqa chaqirtirilgan edi.

Poroshenko kelmasligi haqida prokuraturani ogohlantirmadi.

“Afsuski, ko‘rib turganingizdek, guvoh so‘roqqa kelmadi, hech kim tergovchi bilan bog‘lanmadi, kelmaslik sabablarini aytmadi, ko‘chirish haqida iltimoslar bo‘lmadi”, - deb ta’kidladi prokuratura vakili.

Maydan - Kiyevning asosiy maydoni. Bu maydon 2013-yilda 21-noyabrda yevrointegratsiya tarafdorlari tomonidan bosib olingan.

Keyinchalik maydan huquq tartibot organ va radikallarning to‘qnashuvlar maydoniga aylandi. To‘qnashuvlar oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi.

Ukrainaning yangi hukumati bu harakatlar uchun javobgarlikni Yanukovichga yuklatdi. Yanukovich va “Berkut” xodimlari bu qotilliklarga aloqadorligini inkor etmoqda.

Davlat to‘ntarishidan so‘ng “Berkut” tarqatib yuborildi.

Yangiliklar lentasi
0