Makgregor rossiyalik sportchilarni kalamush deb haqoratladi: keyin Twitterda post o‘chirildi

© AP Photo/John LocherIrlandskiy boyes UFC Konor MakGregor
Irlandskiy boyes UFC Konor MakGregor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Makgregor rossiyalik sportchilarga nisbatan haqorat so‘zlari yozilgan postni Twitterdan o‘chirdi.

TOShKENT, 7-may – Sputnik. Irlandiyalik aralash yakkakurash jangchisi Konor Makgregor Rossiya jangchilarni haqoratlagan postini Twitterdan o‘chirib tashladi. RIA Novosti Sport xabariga asosan.

Bundan avval MMA jangchisi Twitter sahifasida uch nafar rossiyalik sportchilarga nisbatan haqorat postini yozgandi.

“Meldoniy jamoasi. O‘tgan vaqtda uch nafari doping bilan tushgan: Islom Maxachev, Zubayra Tuxugov va Mairbek Taysumov. Ular hammasi sassiq kalamushlar”, - deb yozgandi Makgregor.

© Udalenniy post iz TwitterOskorbitelniy post v Twitter Konora Makgregora
Makgregor rossiyalik sportchilarni kalamush deb haqoratladi: keyin Twitterda post o‘chirildi - Sputnik O‘zbekiston
Oskorbitelniy post v Twitter Konora Makgregora

Eslatib o‘tamiz, aralash yakkakurash bo‘yicha jangchilar Nurmagomedov va Makgregorning katta mojaro bilan yakunlangan mushtlashuvi o‘tgan yil 6-oktabr sanasida Las-Vegasdagi T-Mobile arenasida o‘tkazilgan edi.

Habib bo‘g‘uvchi usulni qo‘llab, g‘alaba qozongandi. Ammo keyin oktagon setkasidan sakrab Makgregorning sparring-sherigi Dillon Denis bilan jang uyushtirgandi. Shu tufayli unga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanilgan edi.

Joriy yil 29-yanvar kuni AQShning Nevada shtatida Atletika komissiyasining UFC 229 jang oqshomida yuz bergan janjal yuzasidan sud eshituvi bo‘lib o‘tdi.

Komissiya qaroriga ko‘ra, jang oqshomida janjal uyushtirgan Habib Nurmagomedov 9 oyga janglardan chetlatilib, unga 500 ming dollar miqdorida jarima to‘lash majburiyati yuklatilgan edi.

Shuningdek, Habibning amakivachchasi Abubakar Nurmagomedov va uning do‘sti Zubayra Tuxugov ham 1-yilga chetlatilib, ularga 25 ming dollardan jarima to‘lashlari belgilangan edi.

Yangiliklar lentasi
0