Dunyoning eng ekstremal shaharlari qaysi?

© AFP 2023 / MLADEN ANTONOVYakutsk
Yakutsk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oymakon — Yerdagi eng sovuq joy, qariyb yuz yil ilgari bu joyda 71,2 daraja sovuq havo harorati qayd etilgan.

TOShKENT, 6-may - Sputnik. Dunyoning eng ekstremal shaharlari birinchi uchligiga Rossiyaning Yakutsk, Oymakon va Verxoyansk shaharlari kiritildi. Bu haqda El Pais ma’lum qildi.

Xabarda qayd etilishicha, Yakutsk eng ekstremal shahar, chunki bu yerda qishda havo harorati -40 darajagacha tushadi, yozda esa 30 darajagacha ko‘tariladi.

© AFP 2023 / MLADEN ANTONOVYakutsk
Dunyoning eng ekstremal shaharlari qaysi? - Sputnik O‘zbekiston
Yakutsk

Oymakon — Yerdagi eng sovuq joy, qariyb yuz yil ilgari bu joyda 71,2 daraja sovuq havo harorati qayd etilgan.

© AFP 2023 / MLADEN ANTONOVOymakon
Dunyoning eng ekstremal shaharlari qaysi? - Sputnik O‘zbekiston
Oymakon

Verxoyansk shahri ham o‘ziga xos iqlimi bilan ajralib turadi. Bu yerdagi eng past havo harorati ba’zan  -69,8 darajani, eng yuqorisi esa 37 darajani tashkil etishi mumkin.

© AFP 2023 / MLADEN ANTONOVYakutiya
Dunyoning eng ekstremal shaharlari qaysi? - Sputnik O‘zbekiston
Yakutiya

Shuningdek, Peruning La-Rinkonada aholi punkti ekstremal shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan. U dengiz sathidan 5 009 metr balandda joylashgan. Bu yerga kelish katta qiyinchiliklar tug‘dirishi reyting mualliflari tomonidan baholangan.

© AFP 2023 / AXEL PITTETLa-Rinkonada
Dunyoning eng ekstremal shaharlari qaysi? - Sputnik O‘zbekiston
La-Rinkonada

Meksikaning San-Luise-Rio-Kolora esa eng issiq shahar sifatida e’tirof qilingan. Ta’kidlanishicha, u yerda havo harorati 60 darajagacha ko‘tariladi.

© AFP 2023 / GUILLERMO ARIAS San-Luis-Rio-Kolorado
Dunyoning eng ekstremal shaharlari qaysi? - Sputnik O‘zbekiston
San-Luis-Rio-Kolorado
Yangiliklar lentasi
0