Rossiyalik muxbir Viktoriya Ivanova Parijda birinchi mayda ommaviy namoyish o‘tkazilayotgan joyda ishlayotgan bo‘lgan.
Videoda politsiya xodimi muxbirga dubinka bilan zarba berayotganini ko‘rish mumkin.
Muxbir bosh miya chayqalishi va yengil jarohatlar olgani ma’lum bo‘ldi.
Jurnalist politsiya harakatlari ustidan Fransiya bosh milliy politsiya inspeksiyasiga shikoyat yozdi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Fransiya hukumatini bu holat yuzasidan zudlik bilan tergov o‘tkazishga chaqirdi.