TOShKENT, 5-may — Sputnik. Istanbuldan Maxachkalaga uchib kelgan samolyot ichida “Islom davlati”* xalqaro terrorchilik uyushmasi a’zosi borligi aniqlandi.
Samolyot Istanbuldan 26-aprel kuni uchib keldi.
Tekshiruv vaqtida bojxonachilar yo‘lovchilar orasida qidiruvda bo‘lgan shaxs borligini aniqlashadi.
Tezkor ma’lumotlarga qaraganda, u 2016-yilda Suriyaga ketgan va “IShID” tomonida jang qilgan.
Ta’kidlanishicha, shu reys bilan Maxachkalaga yana bir ayol uchib kelgan. U terrorchilar uchun mablag‘ yig‘ish bilan shug‘ullangan.
O‘tgan haftada “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi rahbari Abu Bakr Al-Bag‘dodiy aks etgan videoyozuv paydo bo‘lgani haqida xabar bergandik.
Al-Bag‘dodiyga o‘xshagan kishi, u pastki qismi qizg‘ish rangga bo‘yagan soqol qo‘ygan. Boshqa video ishtirokchilari bilan suhbat chog‘ida u “ID”ning nazoratida qolgan so‘nggi hudud - Suriyaning Baguz shahri mag‘lubiyatga uchraganini tan oladi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot.