TOShKENT, 5-may — Sputnik. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro harbiylarni AQSh hujum qilgan taqdirda mamlakatni himoya qilishga tayyor turishga chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
“Agar Shimoliy Amerika imperiyasi qachondir shu yerga, muqaddas yerga hujum qilsa, harbiylar qo‘llarida qurol bilan mamlakatni himoya qilishga tayyor turishi kerak”, - deb ta’kidladi Maduro.
Kuni kecha AQSh hukumatiga Venesuelada yuqori lavozimdagi harbiy yordami berishi haqida OAVlarning xabarlari paydo bo‘lgandi.
Birinchi davlat to‘ntarishga urinish
Yanvar oyida Venesuelada mamlakat prezidenti Nikolas Maduroga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari boshlanadi.
Milliy assambleya yetakchisi Xuan Guaido o‘zini vaqtincha prezident deb e’lon qilgandi.
Buni AQSh va ayrim boshqa davlatlar qo‘llab-quvvatladi.
Rossiya, Meksika, Xitoy, Turkiya va Indoneziya Venesuela yetakchisini qo‘llab-quvvatladi.