Toshkentda ilk marotaba O‘zbekiston - BAA xalqaro mehnat forumi o‘tkazildi

© Ministerstvo zanyatosti i trudovix otnosheniyV Tashkente proshel perviy trudovoy forum Uzbekistan - OAE
V Tashkente proshel perviy trudovoy forum Uzbekistan - OAE - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Forum doirasida O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida o‘zaro hamkorlik Memorandumini imzolandi

TOShKENT, 4-may - Sputnik. Toshkentda ilk marotaba O‘zbekiston - Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda xalqaro mehnat forumi o‘tkazildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Samarqand viloyat filiali direktori Azizbek Xafizov.

Vizit Shavkata Mirziyoyeva v OAE - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev O‘zbekiston-BAA kelishuvlarini amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi

Forumni Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev hamda BAA Inson resurslari va amirlashtirish vaziri Nasser bin Tani al Xamli ochib berdi.

Kunning birinchi yarmida ikki vazirlik o‘rtasidagi hamkorlik ishlarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini imzolash marosimi o‘tkazildi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov hamda BAA Inson resurslari va amirlashtirish vazirligi Xalqaro hamkorlik departamenti direktori Abdulla Ali Al Nuaimi mehnat resurslari va bu boradagi o‘zaro istiqbolli loyihalar bo‘yicha chiqish qilishdi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklarining mehnat sohasidagi hamkorligiga bag‘ishlangan videotaqdimotlar namoyish etildi.

Forum doirasida O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida o‘zaro hamkorlik Memorandumini imzolandi.

Forumda Birlashgan Arab Amirligidan 14 ta saloxiyatli ish beruvchi, rekruting va autsorsing kompaniyalar va O‘zbekistondagi 50 dan ortiq Xususiy bandlik agentliklari ishtirok etgan bo‘lib, kunning ikkinchi yarmida o‘zaro hamkorlik masalalari keng muhokama qilindi.

Yangiliklar lentasi
0