Shimoliy Koreya yaqin masofaga mo‘ljallangan raketalarni sinovdan o‘tkazdi

© REUTERS / KCNAKNDR zapustila raketi maloy dalnosti
KNDR zapustila raketi maloy dalnosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Janubiy koreyalik harbiylar KXDR yaqin masofa raketalari sinovdan o‘tkazgani haqida xabar qildi.

TOShKENT, 4-may – Sputnik. KXDR qisqa masofaga uchadigan raketalarni sinovdan o‘tkazdi, bu haqda RIA Novosti Kiodo agentligiga asosan xabar qildi.

Shimoliy Koreya yetakchisining zirhli poyezdi. - Sputnik O‘zbekiston
Kim Chen In - sirli va sertabassum odam

Janubiy koreyalik harbiylarining ma’lumotiga ko‘ra, shanba kuni KXDR raketalar Vonsan shahridan Yapon dengiz tomoniga yo‘llangan va 70 kilometrdan 200 kilometrgacha masofani bosib o‘tgan.

O‘z navbatida, Yaponiya hukumati o‘zining iqtisodiy hududidan hech qanday ballistik raketalar uchishini qayd etmadi.

Pentagon vakili raketalar uchirish faktini tasdiqlay olmasligi va bu xabarlar tekshirishini ma’lum qildi.

Keyinchalik AQSh matbuot kotibi Sara Sanders Oq uy “Shimoliy Koreya harakatlari”dan xabardor ekani va vaziyatni kuzatib borayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Janubiy Koreya prezidenti administratsiyasi xavfsizlik xizmatining yuqori amaldorlar ishtirokida tezkor yig‘ilishni tashkil qildi.   

Ikki hafta oldin 17-aprel kuni KXDR yangi taktik boshqariladigan raketalarni sinovdan o‘tkazgandi.

“Yangi qurol” sinov jarayonida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In qatnashgan.

Yangiliklar lentasi
0