Qudratxo‘jayev "Oltin qalam" haqida: bu mukofot bizga shu yil berilishini kutmagandim

© Mejdunarodniy Press KlubMejdunarodniy Press Klub i telekanal "Uzbekistan 24" bili udostoyeni glavnoy natsionalnoy premii "Zolotoe pero"
Mejdunarodniy Press Klub i telekanal Uzbekistan 24 bili udostoyeni glavnoy natsionalnoy premii Zolotoe pero - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Jurnalistlar oldida ko‘plab masalalar turibdi, xalqqa yaqin bo‘lishda, bugungi islohotlarni ko‘rsatishda haliyam qarzdormiz, qilingan ishimizdan qilinmagani ko‘p", - dedi Qudratxo‘jayev.

TOShKENT, 3-may - Sputnik. Ikki yarim yillik faoliyatimiz uchun "Oltin qalam" mukofotining jamoamizga berilishi - bu mamlakatimizdagi islohotlarning shabodasi, dedi bugun "Turkiston" saroyida "Oltin qalam" XIV Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimida Bosh sovrinni qo‘lga kiritgan XPK rahbari Sherzod Qudratxo‘jayev.

Luchshie jurnalisti Uzbekistana poluchili Zolotoe pero - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda eng yaxshi jurnalistlarga "Oltin qalam" topshirildi

"Jurnalistika, erkinlik haqida gapirganda xayolimga Nobel mukofoti sovrindori, taniqli fransuz publitsisti, jurnalisti Albert Kamuning gapi keladi. U aytadi: "Erkin jurnalistika "yaxshi" va "yomon" bo‘lishi mumkin. Erkin bo‘lmagan jurnalistika faqatgina "yomon" bo‘ladi. Men esa bu gapga erkin bo‘lmagan bo‘lsa u jurnalistika emas, deya qo‘shimcha qilgan bo‘lar edim. Press Klubda senzura yo‘q, taqiq yo‘q. Bugun biz faqat ichki senzuramizdan xoli bo‘lishimiz, biroz jasurroq, dovurakroq bo‘lishimiz kerak. Bizga shu yetishmayapti, xolos", - dedi taqdirlash marosimidan so‘ng Sherzod Qudratxo‘jayev.

XPK rahbari shuningdek, erkinlik, jurnalistika, ommaviy axborot vositalari - bu sinonim so‘zlar ekanini va O‘zbekiston jurnalistlarida yaqin vaqtdan shunday erkin fikrlash imkoniyati paydo bo‘lganini, O‘zbekistonda OAV bugun mutlaqo boshqacha rivojlanayotganini qo‘shimcha qildi.

"Jurnalistlar oldida ko‘plab masalalar turibdi, xalqqa yaqin bo‘lishda, bugungi islohotlarni ko‘rsatishda haliyam qarzdormiz, qilingan ishimizdan qilinmagani ko‘p", - dedi o‘z nutqi yakunida Qudratxo‘jayev.

Yangiliklar lentasi
0