TOShKENT, 3-may — Sputnik. Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp telefon proveli telefonniy razgovor.
Rossiya yetakchisi matbuot-kotibi Dmitriy Peskov RIA Novostiga bergan xabariga ko‘ra, ikki davlat rahbarining muloqoti qariyb bir yarim soat davom etgan. Kreml ta’kidiga ko‘ra, muloqot Vashington tashabbusi bilan amalga oshgan.
KXDR masalasi
Oq uy vakili Sara Sanders so‘zlariga ko‘ra, yetakchilar muloqotining anchayin qismi KXDR mavzusiga bag‘ishlangan.
Rossiya prezidenti Trampga o‘tgan hafta Vladivostokda Shimoliy Koreya yetakchisi bilan bo‘lgan muzokaralar yakunlari haqida gapirib bergan. Putin KXDR tomonidan majburiyatlarning vijdonan bajarilishiga mos qadamlar qo‘yilishi zarurligini ta’kidlagan.
O‘z navbatida, Tramp Rossiya prezidentini denuklearizatsiya uchun Shimoliy Koreyaga bosim o‘tkazishga da’vat qilgan.
Shu bilan birga, tomonlar denuklearizatsiyani bosqichma-bosqich amalga oshirish va Koreya yarimorolida uzoq muddatli normallashuvga erishish ahamiyatini qayd etganlar.
Venesuela va Ukrainadagi holat
Venesuela mavzusini tilga olar ekan, Rossiya prezidenti ichki ishlarga aralashish va hukumatni kuch ishlatish yo‘li bilan almashtirishga urinish siyosiy tartiblarga chang solishini ta’kidlagan.
Amerika yetakchisi esa, Oq Uy vakilining so‘zlariga ko‘ra, "AQSh venesuela xalqini qo‘llab-quvvatlashiga" ochiq-oydin shama qilgan.
Tomonlar Ukraina masalasini ham muhokama qilganlar. Xususan, Putin Kiyev hukumati Minsk kelishuvlarini bajarish bo‘yicha real qadamlarni amalga oshirishi zarurligini qayd etgan.
Prezidentlar turli sohalarda, xususan strategik stabillik masalalarida muloqotlarni faollashtirishga tayyorligini tasdiqlaganlar. Putin va Amerika prezidenti mamlakatlar o‘rtasidagi tovar aylanmasini ham muhokama qilganlar. Sanders so‘zlariga ko‘ra, Tramp davrida bunda ancha ijobiy o‘zgarishlar bo‘lgan.
Bundan tashqari prezidentlar surishtiruv ishlari tugagani va til biriktiruv aniqlanmagani kontekstida Muller dokladini qisqacha muhokama qilganlar.
Kreml bayonotiga ko‘ra, Putin va Tramp bo‘lib o‘tgan konstruktiv muloqotdan mamnunligini bildirganlar. Tomonlar turli darajalarda aloqalarni davom ettirishga kelishib olgan. Oq uy ham o‘z navbatida ikki davlat yetakchilari o‘rtasidagi muloqotni pozitiv, deya baholagan.