Mirziyoyev topshirig‘i: O‘zbekistonda yangi vazirlik tuziladi

© SputnikPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy soha uchun yagona vazirlikning tashkil etilishi prezident topshirig‘i bo‘lib, 2019-yilgi davlat dasturida o‘z aksini topgan

TOShKENT, 3-may - Sputnik. O‘zbekistonda aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini himoya qilishga javobgar vazirlik tuziladi, deb xabar qilmoqda Gazeta.uz.

"O‘zbekistonda ijtimoiy himoya sohasida mas’ul bo‘lgan alohida vazirlikni tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda juma kuni Oliy Majlis Senatining 19-yalpi yig‘ilishida bosh vazirning ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi", - deyiladi xabarda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy soha uchun yagona vazirlikning tashkil etilishi prezident topshirig‘i bo‘lib, 2019-yilgi davlat dasturida o‘z aksini topgan.

Bosh vazir o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, hujjatni ishlab chiqishda xalqaro tajriba o‘rganildi, xalqaro tashkilotlar, jumladan YuNISEF, JSST va BMTTD ekspertlari fikri hisobga olindi.

Yangiliklar lentasi
0