Mirziyoyev aholini tadbirkorlikka qiziqtira olmayotgan amaldorlarni qattiq ogohlantirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na videoselektornom soveshanii po voprosam usileniya vnimaniya k molodeji
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na videoselektornom soveshanii po voprosam usileniya vnimaniya k molodeji - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rahbarlarning xatosi tufayli yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini ta’minlash, oilalarning moddiy farovonligini yaxshilash kechikmoqda, deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev

TOShKENT, 3-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan 700 million dollardan ziyod mablag‘larni o‘zlashtirish mutasaddilar tomonidan qoniqarsiz tashkil etilganini keskin tanqid qildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot-xizmati.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
“Har bir oila - tadbirkor” dasturi bo‘yicha 8 foizli imtiyozli kreditlar beriladi

Jumladan, mart-aprel oylarida tikuvchilik, hunarmandchilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilikni rivojlantirish, yengil konstruksiyali issiqxonalar qurish, maishiy xizmatlarni yo‘lga qo‘yish maqsadlariga yillik mablag‘larning 19 foizi ajratilgan xolos.

"Bu raqamlar tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, pul ajratish uchun mas’ul bo‘lgan rahbarlar yil yakunini kutib o‘tirganidan dalolat beradi. Oqibatda aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini ta’minlash, oilalarning moddiy farovonligini yaxshilash kechikmoqda", - dedi Mirziyoyev.

Prezident kreditlar ajratish va o‘zlashtirishni jadallashtirish, sektorlar rahbarlari, tijorat banklari va jamoat tashkilotlarining bu boradagi mas’uliyatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.  

Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyati tahlil etilib, ularga yuklatilgan vazifalar – bo‘sh turgan maydonlarni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, binolarni ishlab chiqarish va xizmatlarni yo‘lga qo‘yish uchun tadbirkorlarga ajratish ishlari yetarli darajada tashkil etilmagani ko‘rsatib o‘tildi. 

"Har bir oila – tadbirkor" dasturi ijrosi joylarda mutlaqo qoniqarsiz tashkil etilgan uchun Respublika komissiyasi rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Markaziy bank hududiy boshqarmalari rahbarlari ogohlantirildi.

Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda yirik tadbirkor qamoqqa olindi

Videoselektorda mazkur dastur ijrosini sifatli ta’minlash uchun zarur chora-tadbirlar belgilab berildi. 

Dastur ijrosini joylarda bevosita tashkil etish uchun har bir hududga respublikadan mas’ullar biriktiriladi. Ular viloyat va tumanlarga shaxsan borib, ishlar holatini joyida o‘rganadi. To‘rtta sektor rahbarlari bilan dasturni sifatli amalga oshirish choralarini ko‘radi.

Imtiyozli kreditlarga ehtiyojni aniqlash bo‘yicha uyma-uy yurish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunga iqtisodiy kompleks xodimlari bilan birga Xalq qabulxonalarining joylardagi vakillari, mahalla raislari, xotin-qizlar, Yoshlar ittifoqi va kasaba uyushmalari vakillari jalb etiladi.

Prezident sarflangan mablag‘ yaxshi samara berishi, oilalarga farovonlik olib kirishi uchun uni maqsadli ajratish zururligini ta’kidladi. Shu bois joylardagi sektorlar rahbarlari murojaat qilgan har bir tadbirkorning ro‘yxati asosida ularga kredit ajratilishi va maqsadli foydalanilishi uchun mas’ul bo‘ladi. Viloyat, shahar va tumanlar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari hamda soliq idoralari rahbarlari dastur doirasidagi tovarlarning muddatida va sifatli yetkazib berilishiga ko‘maklashadi.

Yangiliklar lentasi
0