Lavrov: Rossiya har qanday turdagi narkotikdan ozod dunyo tarafdorligicha qoladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMinistr inostrannix del Rossii Sergey Lavrov
Ministr inostrannix del Rossii Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan narkotiklarga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjumanda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov jahonda yengil narkotiklarni qonuniylashtirish va BMTning giyohvand moddalar nazorati bo‘yicha konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqishga qaratilgan chaqiriqlar tobora ko‘p jarang topayotganini aytdi

Rossiya TIV rahbari va Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasidagi mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi ishtirokchi davlatlari yagona pozitsiyani bildirdilar va amaldagi tizimga yengillik berilishiga yo‘l qo‘ymadilar.

Vizit glavi MID RF S. Lavrova v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov: RF va O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha pozitsiyalari juda o‘xshash

"Ayrim davlatlar yengil narkotiklarni legallashtirish zarurati haqida tobora ko‘p ta’kidlashmoqda, umuman ular amaldagi tizimni qayta ko‘rib chiqish tarafdori ekanliklarini bildirishmoqda. Lekin men hamkasblarimdan yaqinda bo‘lib o‘tgan BMTning xalqaro sessiyasida bizning pozitsiyamizni qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorman. Biz har qanday turdagi narkotikdan ozod dunyo tarafdorimiz", - deb qayd etdi Lavrov.

Rossiya TIV yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, jahondagi bu yovuzlikka samarali qarshi kurashish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari va boshqa davlatlar o‘z harakatlarini muvofiqlashtirish uchun xalqaro tashkilotlar, xususan ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi, ODKB va boshqa birlashmalarda yaqindan hamkorlik qilishlari lozim.

Lavrov: Rossiya ostanetsya priverjensem mira svobodnogo ot lyubix narkotikov
Yangiliklar lentasi
0