Lavrov Toshkentda: Rossiya TIV rahbari o‘zbekona mehmondo‘stlik uchun rahmat aytdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishVizit glavi MID RF S. Lavrova v Uzbekistan
Vizit glavi MID RF S. Lavrova v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lavrov Toshkentga kelganidan benihoya mamnunligini aytdi va o‘zbekona mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi

TOShKENT, 2-may - Sputnik. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov 2-may kuni o‘zbekistonlik hamkasbi Abdulaziz Kamilov bilan uchrashuvi chog‘ida mehmondo‘st Toshkentga tashrifi taassurotlari va oldinda turgan rejalar haqida o‘rtoqlashdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

"Delegatsiyamiz va shaxsan o‘z nomimdan ertangi ko‘pqirrali tadbirda ishtirok etish va ishchi tashrifni amalga oshirish maqsadida mehmondo‘st Toshkentga tashrif uyushtirish taklifi uchun minnatdorlik bildiraman", - dedi u Kamilovga yuzlanar ekan.

Rossiya TIV rahbari, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona, ishonchga asoslangan, ittifoqdoshlik, strategik sheriklik munosabatlari xarakteristikasini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

Gosudarstvenniy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Putin tashrifi maqsadi: O‘zbekiston va Rossiya I mintaqalararo hamkorlik forumi yakunlari

"Rossiya Federatsiyasi prezidenti V.V. Putinning 2018-yil oktabr oyida O‘zbekiston Respublikasiga uyushtirgan davlat tashrifi davomida bularning barchasi o‘z tasdig‘ini topdi. Toshkentda o‘tkazilgan muzokaralar o‘tgan yilda ikkiyoqlama munosabatlarimizning asosiy voqeasiga aylandi. Bu yil ham yetakchilarimizning bo‘lg‘usi aloqalari Rossiya-O‘zbekiston hamkorligining barcha yo‘nalishlarini belgilab beradi. Shuni qayd etmoqchimanki, Rossiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi tashqi siyosiy sohadagi yo‘nalishni muvofiqlashtirishda juda ham sermahsul bo‘ldi. Bunda nafaqat siyosiy sohada, balki iqtisodiy, ayniqsa investitsion sohada hamkorlikni kuchaytirishga erishildi, odamlar o‘rtasidagi aloqalarni chuqurlashtirishga xizmat qiladigan qator mexanizmlar vujudga keldi", - dedi Rossiya TIV yetakchisi.

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, bugun va ertaga bo‘lib o‘tadigan muzokaralar chog‘ida Rossiya va O‘zbekiston TIV vakillari ikki davlat prezidentlari o‘rtasida bo‘lgan kelishuvlarni to‘liq hajmda amalga oshirish uchun alohida e’tibor talab qiladigan yo‘nalishlarni belgilab olishlari kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0