O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida aviaqatnovlar to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim kuchga kirdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Parij
Goroda mira. Parij - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bitim ikki davlatning belgilangan aviatashkilotlari o‘rtasidagi xalqaro havo qatnovlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish masalalarini tartibga soladi.

TOShKENT, 1-may – Sputnik. 2019-yilning 1-maydan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Fransiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2016-yil 20-iyul kuni Toshkent shahrida imzolangan Aviaqatnovlar to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Fransiya - O‘zbekiston munosabatlari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Fransiya munosabatlari

Xabarda ta’kidlanishicha, bitim ikki davlatning belgilangan aviatashkilotlari o‘rtasidagi xalqaro havo qatnovlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish masalalarini tartibga soladi.

Hujjat qoidalariga ko‘ra, har bir tomonning belgilangan aviatashkilotlari ikkinchi davlat hududida kelishilgan punktlarda qo‘nishni amalga oshirish va ularning hududlaridan qo‘nmasdan uchib o‘tish uchun tegishli huquqlardan foydalanadi.

“O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi havo qatnovlarini rivojlantirish maqsadida bitimda aviatashkilotlarga doimiy qatnovlarni amalga oshirishni ta’minlovchi va bojxona yig‘imlari, soliq va boshqa to‘lovlardan ozod etuvchi imtiyozlar o‘zarolik asosida taqdim qilish ko‘zda tutilgan”, - deyiladi xabarda.

Vstrecha prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva i prezidenta Fransii Emmanuelya Makrona - Sputnik O‘zbekiston
Muzokaralar yakuniga ko‘ra O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida 10ta hujjat imzolandi

Bundan tashqari, bitimda aviatsiya sohasidagi xavfsizlik va ikki mamlakat aviatsiya tashkilotlari o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bahslarni hal etish meyorlari hamda o‘zaro hamkorlik qilishning boshqa shartlari belgilab qo‘yilgan.

Xabarda mazkur bitim ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga ijobiy turtki beradi, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish uchun yangi istiqbollarni ochadi va o‘zaro manfaatli aviatashuvlar bozorini shakllantirishga ko‘maklashishi qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0