Toshkentda 9-sinf o‘quvchisi ikkinchi qavatdan nima sababdan sakragani ma’lum bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Avvalroq mahalliy OAVlar Toshkentdagi 17-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi maktab binosining ikkinchi qavatidan sakrab, tan jarohati olgani haqida xabar tarqatgan edi.

TOShKENT, 1-may – Sputnik. Toshkentdagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi ikkinchi qavatdan nima sababdan sakragani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Daryo” xabar qilmoqda.

Pustoy klass - Sputnik O‘zbekiston
XTV: “O‘qituvchi o‘quvchini bir necha bor turtgan, lekin urmagan”

Xabarda yozilishicha, 9-sinfda o‘qiydigan M.R. ismli qiz 2019-yilgi chorak darslarini yaxshi o‘zlashtirmagan va darslardan barvaqt bir necha marotaba uyiga ketib qolgan. Bu haqda uning ota-onasiga ma’lum qilingan. Qizining xulq-atvoridagi o‘zgarishlar bo‘yicha suhbatlashish maqsadida uning onasi maktabga tashrif buyurgan.

“Bundan xabar topgan M.R. maktabning 2-qavat tashqi oynasidan chiqib ketish maqsadida tushayotgan vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida yerga yiqilgan”, - deyiladi xabarda.

Natijada u “bel umurtqa pog‘onasining 3, 4, 5 kompresion qismidan sinishi, o‘ng tovon suyagi yopiq sinishi, chap tovon sohasi yumshoq lat yeyishi, o‘ng ko‘z atrofida qizarish, travmatik shok 2-daraja” tashxisi bilan jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan

Avvalroq mahalliy OAVlar Toshkentdagi 17-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi maktab binosining ikkinchi qavatidan sakrab, tan jarohati olgani haqida xabar tarqatgan edi.

Yangiliklar lentasi
0