Sergey Lavrov Toshkentda qaysi masalalarni muhokama qiladi?

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishVstrecha glav MID RF i Uzbekistana S. Lavrova i A. Kamilova
Vstrecha glav MID RF i Uzbekistana S. Lavrova i A. Kamilova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikkinchi may kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.

TOShKENT, 1-may – Sputnik. 2019-yilning 2-may kuni Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya TIV rahbari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi.

“Tashrif dasturiga ko‘ra O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokalar o‘tkazilishi va siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ilgari erishilgan O‘zbekiston-Rossiya kelishuvlarini amalga oshirish jarayoni muhokama qilinishi kutilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Tomonlar xalqaro muammolar, mintaqada xavfsizlkni ta’minlash masalalari, jumladan Afg‘onistonda tinchlik jarayonlarini boshlashga ko‘maklashish yuzasidan fikr almashadilar.

Shuningdek, 3-may kuni Sergey Lavrov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasida mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv Memorandumi ishtirokchi davlatlarining 11-uchrashuvida qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0