Mirziyoyev Surxondaryo viloyatida toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini tanqid qildi

Obuna bo‘lish
Termiz shahrida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

TOShKENT, 1-may – Sputnik. Termiz shahrida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev foydali qazilmalarga boy, uch martagacha hosil olsa bo‘ladigan tabiiy sharoitga ega, Surxondaryo viloyati salohiyatining hali o‘ndan biri ham ishga solinmaganini qayd etgan.

“Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot mamlakat ko‘rsatkichidan 2,3 barobar, xizmat ko‘rsatish 2 barobar, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilish 8 barobar kam ekanini ko‘rsatib o‘tdi. Viloyatda iqtisodiy faol aholining 10 foizi ishsiz, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 54 foiz ekani tanqid qilindi”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, shu kabi masalalarni hal etish, viloyatni har tomonlama rivojlantirish maqsadida 2019-2020 yillar uchun umumiy qiymati 23 trillion 632 milliard so‘m bo‘lgan 649 investitsiya loyihasi rejalashtirilgan. Bular doirasida 2,2 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish, 11 ming 500 ta ish o‘rni yaratish mo‘lajallangan.

Mirziyoyev: bunday sifatli ko‘mir hech qayerda yo‘q

Bundan tashqari, Surxondaryoning o‘ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini chuqur o‘rgangan holda viloyatni 2030-yilgacha kompleks rivojlantirish bo‘yicha konsepsiya ham ishlab chiqilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev To‘polang gidroelektr stansiyasini ko‘zdan kechirdi

Xabarda prezident chet eldan investitsiya olib kelib, zamonaviy korxonalar tashkil etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi va mahalliy budjetlar daromadini ko‘paytirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab bergani ta’kidlangan.

Yangiliklar lentasi
0