TOShKENT, 1-may – Sputnik. Farg‘ona shahrida Ikkinchi jahon urushida matonat ko‘rsatgan kishilarga ehtirom ramzi sifatida “Sharaf tasmasi”ni ulashish aksiyasi o‘tkazildi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga.
Farg‘ona garnizoni harbiy xizmatchilari va viloyat Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda lentalar dastlab “Al-Farg‘oniy” nomidagi istirohat bog‘ida va shahar markaziy dehqon bozorida tarqatildi.
Harbiy okrug Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan musiqa sadolari milliy bayroq ramzi tushirilgan “Sharaf tasmasi”ni aholi vakillariga ulashildi.
Ta’kidlash joiz, mazkur aksiya butun mamlakat bo‘ylab keng o‘tkazilib kelinmoqda.
Ma’lum qilinishicha, “Sharaf tasmasi”ni aholi vakillariga ulashish Qo‘qon shahridagi ko‘ngilochar savdo markazi hamda 12-sonli Mehribonlik uyida ham o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbek san’atkorlari va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi a’zolari ishtirokida “Xotira — abadiy, qadr — muqaddas” nomi ostida “Sharaf tasmasi” targ‘iboti boshlangani haqida xabar qilgan edik.