Ayrim toifadagi xorijliklar uchun Rossiya fuqaroligini olish soddalashtirildi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPasporta grajdanina Rossiyskoy Federatsii i grajdanina Ukraini
Pasporta grajdanina Rossiyskoy Federatsii i grajdanina Ukraini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Putin imzolagan farmonga ko‘ra, ayrim toifadagi xorijliklar Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishlari mumkin.

TOShKENT, 1-may – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya  fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish uchun ariza berish huquqiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolarning ayrim toifalari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Farmon Kremlning rasmiy saytida 1-may kuni e’lon qilingan.

Farmonga ko‘ra, ayrim toifadagi xorijliklar Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishlari mumkin.

Xususan, Qrim va Sevastopol hududida tug‘ilgan, doimiy yashagan hamda yarimorolni 2014-yil 18-martga qadar tark etgan shaxslar bunday imkoniyatga ega.

Predviborniy forum dvijeniya Doneskaya respublika v Doneske - Sputnik O‘zbekiston
Donesk va Lugansk aholisiga Rossiya fuqaroligini olish tartibi osonlashtirildi

Mazkur soddalashtirilgan tartib ushbu shaxslarning farzandlari, ota-onalari va turmush o‘rtoqlariga ham amal qiladi.

Shuningdek, Ukrainaning RF hududida yashashga ruxsatnomasi bo‘lgan yoki qochoq maqomiga ega fuqarolariga ham Rossiya fuqaroligi soddalashtirilgan tartibda beriladi.

Bundan tashqari, RSFSRda tavallud topgan va sovet fuqaroligiga ega bo‘lgan Afg‘oniston, Iroq hamda Suriya fuqarolari soddalashtirilgan tartibda fuqarolikni olish uchun murojaat qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainaning barcha fuqarolariga soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligi berilishi mumkinligi haqida xabar qilgan edik.

Joriy yilning 24-aprel kuni Donesk va Lugansk aholisiga Rossiya fuqaroligini olish tartibi osonlashtirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0