O‘zbekistonlik kursant jangovar sambo bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi - video

Obuna bo‘lish
Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, turnirda Yevropa hamda Osiyoning 15 davlati, shuningdek, Rossiyaning 20 dan ortiq viloyatidan kelgan 200 nafardan ziyod sambochilar o‘zaro kuch sinashgan.

TOShKENT, 30 apr - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasining 4-bosqich kursanti Bekzod Nurmatov Rossiyaning Vladivostok shahrida o‘tkazilgan jangovar samboning “A” seriyasiga kiruvchi chempionatda navbatdagi g‘alabaga erishdi.

Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Yevropa hamda Osiyoning 15 davlati, shuningdek, Rossiyaning 20 dan ortiq viloyatidan kelgan 200 nafardan ziyod sambochilar Yaqin Sharq federal universiteti sport zalida “Yuriy Potapov memoriali” nomidagi 22-xalqaro turnirda o‘zaro kuch sinashgan.

82 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Bekzod Nurmatov finalda rossiyalik kuchli raqib, Ivan Grachovga qarshi tatamiga chiqib, 9:0 hisobida mutlaq g‘alabaga erishgan.

Qayd etish joiz, Bekzod Nurmatov 2016-yili Akademiyada 1-kursligidayoq Germaniyada o‘tkazilgan qo‘l jangi bo‘yicha xalqaro chempionatda kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

Uch karra Osiyo va xalqaro turnirlar g‘olibi, jahon chempioni hamda jahon kubogi sohibi Bekzod Nurmatov joriy yilning aprel oyi boshida Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida o‘tkazilgan aralash kurashning Gran-pri turkumiga kiruvchi “Batir bashi” IV etnoturnirida ham g‘alabaga erishib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi.

Yangiliklar lentasi
0